date

Lotar Matteus: Germaniya termasi Slovakiyaga qarshi juda yomon o‘ynadi

Lotar Matteus: Germaniya termasi Slovakiyaga qarshi juda yomon o‘ynadi

Germaniya futbol afsonasi Lotar Matteus Slovakiyaga qarshi kechgan bahsdan keyin milliy jamoa o‘yinini qattiq tanqid ostiga oldi. Uning ta’kidlashicha, natija 0:2 hisobida yo‘qotishdan ham ko‘ra, jamoaning maydonda ko‘rsatgan o‘yini o‘ta ranjituvchi bo‘ldi.

— 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lish — tabiiy holatdek ko‘rinishi mumkin. Lekin eng achinarlisi — o‘yinni to‘liq boy berishda. Agar hisob 4:0 yoki 5:0 bo‘lib ketsa ham, hayron qolmasdim. Darvozabon eng yaxshi futbolchi bo‘lib qolgan jamoa haqida ijobiy xulosa chiqarish qiyin, — dedi Matteus.

Uning fikricha, Germaniya termasi reja va taktik o‘zgarishlarda ham jiddiy muammolarga duch kelmoqda.

— Menga hech qanday taktik tajriba ma’qul kelmadi. Jamoa qanday o‘ynashi, qaysi rejalar asosida harakat qilishi kerakligini umuman anglamadim. Bu holat xavotirli, — deb qo‘shimcha qildi u.

Matteus ayrim futbolchilarning o‘yiniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Oydinki, asosiy e’tibor Ryudiger va Virtsga qaratilgan edi. Biroq bitta o‘ta yomon o‘yin uchun barcha aybni ularga ag‘darish to‘g‘ri emas. Ryudigerda ba’zan ortiqcha ishtiyoq salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo Nagelsmann bu bosqichda faqat ismlarga emas, balki jamoaga ruhiy jihatdan kerakli kayfiyatni berishi mumkin bo‘lgan futbolchilarga ham ishonishi kerak. Masalan, Anton, Andrix yoki Shlotterbek kabi yigitlarga imkoniyat berish zarur, — deya ta’kidladi u.

Shu tariqa, Matteus Germaniya termasiga jiddiy xulosalar chiqarish vaqti kelganini uqtirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘yin bilan jahon chempionatida yaxshi natijaga erishish qiyin bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lotar Matteus: Germaniya termasi Slovakiyaga qarshi juda yomon o‘ynadi