date

U-23 Osiyo Kubogi uchun saralash. O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi

U-23 Osiyo Kubogi uchun saralash. O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi «E» guruhi 2-turidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston Olimpiya jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi maydonga tushdi. Yakunda tomonlar 2:2 hisobida jangovar durangga imzo chekishdi.

Dastlab, uchrashuvning ilk daqiqasidayoq Beknaz Almazbekov hisobni ochdi (1:0). Oradan o‘n daqiqa o‘tib Rustam Turdimurodov muvozanatni tikladi (1:1).

42-daqiqada Behruzbek Askarov O‘zbekistonni oldinga olib chiqqan bo‘lsa (1:2), 56-daqiqada Arsen Shershenbekov hisobni yana tenglashtirdi.

Jamoalar qancha harakat qilishmasin uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi.

Osiyo kubogi saralash bosqichi

Qirg‘iziston - O‘zbekiston 2:2

Gollar: Beknaz Almazbekov (1), Arsen Shershenbekov (56) - Rustamov Turdimurodov (11), Behruzbek Askarov (42).

Qirg‘iziston U-23: 1. Sultan Chomoyev, 2. Kristian Brauzman, 4. Said Datsiyev, 6. Kayrat Abdurasulov, 8. Mirlan Bekberdinov, 11. Biimirza Zenishbekov, 14. Bakitbek Mirzalim Ul-u, 17. Arslan Bekberdinov, 18. Beknaz Almazbekov, 20. Marlen Murzaahmatov, 21. Kimi Merk.

Zaxira: 3. Anton Polev, 5. Daniyel Razulov, 7. Edil Osmonov, 9. Erbol Abdujaparov, 10. Arsen Shershinbekov, 12. Bektur Kochkonbayev, 13. Melis Tashtanov, 15. Emirxan Kidrishev, 16. Aziret Yesmanaliyev, 19. Nursultan Toktonaliyev, 22. Kudret Iskanderbekov, 23. Iriskeldi Madanov.

O‘zbekiston U-23: 21. Edem Nemanov, 3. Zafarmurod Abdirahmatov, 6. Jahongir O‘rozov, 8. Behruzbek Asqarov, 10. Umarali Rahmonaliyev, 13. Asilbek Jumayev (7. Aziz Xolmurodov,73), 15. Diyor Ortiqboyev (4. Muhammadrasul Abdumajidov, 46), 17. Nodirbek Abdurazzoqov (2. Izzatillo Po‘latov, 90+1), 20. Mahmudjon Mahamadjonov, 22. Otabek Ahadov (11. Sardorbek Bahromov,73), 23. Rustam Turdimurodov (16. Samandarjon Mavlonqulov, 81).

Zaxira: 1. Otabek Boymurodov, 5. Dilshod Abdullayev, 9. Sherzod Esanov, 12. Samandar Muratbayev, 14. Oybek O‘rmonjonov, 18. Saidafzalxon Ahrorov, 19. Muhammadali Reimov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo Kubogi uchun saralash. O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi