date

Omid Norafkan: O‘zbekistonni yengish uchun ikki barobar kuch kerak

Omid Norafkan: O‘zbekistonni yengish uchun ikki barobar kuch kerak

CAFA Nations Cup-2025 finali arafasida Eron milliy terma jamoasining markaziy yarim himoyachisi Omid Norafkan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga qarshi hal qiluvchi bellashuvda shijoat va qattiq iroda asosiy omil bo‘ladi.

«Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekistonni o‘z maydonida mag‘lub etish oson bo‘lmaydi. Bir yil avval ham finalda bu jamoa bilan to‘qnashib, 1:0 hisobida ustunlikka erishgan edik. Shubhasiz, raqib juda kuchli, ammo biz ularni yana yengish qudratiga egamiz. CAFA chempioni bo‘lish uchun bor kuchimizdan ham ikki barobar ko‘prog‘ini ko‘rsatishimiz shart», – dedi Norafkan.

28 yoshli futbolchi o‘z fikrlarini davom ettirar ekan, O‘zbekiston chempionatida harakat qilayotgan legionerlarni alohida ta’kidladi:

«Eron chempionatida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar juda yaxshi va samarali o‘yinchilar hisoblanib, ular bizga qiyinchilik tug‘diradi. Biroq ular biz bilan qanday jamoaga qarshi maydonga tushishlarini ham yaxshi anglashadi. Agar biz butun kuchimiz va irodamizni safarbar qila olsak, ishonchim komilki, raqibni ikki yoki uch gol farqi bilan mag‘lub etishimiz mumkin».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi final uchrashuvi bugun soat 19:30 da «Olimpiya» stadionida start oladi. Bu bahs ikki jamoa uchun ham nafaqat sovrin, balki mintaqadagi ustunlikni ko‘rsatish imkoniyati bo‘lib xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Omid Norafkan: O‘zbekistonni yengish uchun ikki barobar kuch kerak