Eron futbolida taniqli sharhlovchi hisoblangan Mazdak Mirzeyi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Ma’lumki, kecha bo‘lib o‘tgan CAFA Nations Cup musobaqasining hal qiluvchi final bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Eron ustidan tarixiy g‘alabaga erishdi. Mazkur natija ikki jamoa o‘rtasidagi raqobatda yangi sahifa ochdi.
Mag‘lubiyatdan so‘ng 54 yoshli eronlik sport sharhlovchisi o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kechagi o‘yin to‘g‘risida fikr bildirib o‘tdi. U asosiy e’tiborini natijaga emas, balki ayrim futbolchilarning maydondagi harakatlariga qaratdi.
"Men terma jamoamizning 13 yildan keyin ilk marta O‘zbekistondan mag‘lub bo‘lgani haqida to‘xtalmayman. Meni hayratga solgan narsa — “Persepolis” futbolchisi Oston O‘runovning 75 daqiqa ichida amalga oshirgan 19 ta driblingi bo‘ldi. Bu juda katta ko‘rsatkich", — deb yozdi Mirzeyi.
Eslatib o‘tamiz, final o‘yinida O‘runov birinchi taymdan so‘ng maydonga tushirildi. U «Navbahor» jamoasi vingeri Ruslanbek Jiyanovning o‘rniga zaxiradan maydonga kiritildi va ikkinchi taymda jamoa hujumlariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ayniqsa, Eldor Shomurodovga to‘g‘ri kelgan penaltini aynan O‘runov ishlab olgani muxlislar yodida qoldi. Shomurodov penaltini aniq amalga oshira olmagan bo‘lsa-da, aynan O‘runovning harakatlari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muhim ustunlikni ta’minladi.
Muttaxassislar ham O‘runovning harakatchan o‘yinini alohida qayd etishdi. Uning maydondagi driblinglari, raqib himoyachilariga bosim o‘tkazishi va o‘yindagi faol ishtiroki milliy jamoa g‘alabasida katta ahamiyat kasb etdi.
Eronlik sharhlovchining fikrlari yana bir bor ko‘rsatdiki, Oston O‘runov maydondagi harakatlari bilan nafaqat o‘zbek muxlislarini, balki raqib tomon mutaxassislarini ham hayratga solmoqda. Uning faolligi va ishtiyoqi O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabalarida muhim rol o‘ynamoqda.
Eronlik sharhlovchi O‘runovning driblinglari haqida fikr bildirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar