date

Samir Xaud: Boliviyadagi o‘yin futbol emas, haqiqiy fojea edi

Samir Xaud: Boliviyadagi o‘yin futbol emas, haqiqiy fojea edi

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Boliviya mehmoni bo‘lib maydonga tushdi. Bellashuv mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuv taqdirini birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalaridagi penalti hal qildi. Migel Terseros aniq zarbasi bilan Boliviyaga muhim uch ochko olib keldi.

Biroq braziliyaliklar natijadan ko‘ra, o‘yindagi shart-sharoitdan ko‘proq norozi bo‘lishdi. Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Samir Xaud keskin bayonot berib, Boliviya futbol federatsiyasini qattiq tanqid ostiga oldi.

— Bu yerda bo‘lib o‘tgan holatni faqat achinarli, desa bo‘ladi. Biz futbol ko‘rishni kutib keldik, ammo futbolga xos hech narsani ko‘rmadik. Dengiz sathidan qariyb 4000 metr balandlikda nafaqat raqib bilan, balki hakamlar, politsiya, hatto to‘p uzatuvchi bolalar bilan ham kurashishga to‘g‘ri keldi. Bu esa sport emas, haqiqiy fojea edi, — dedi Samir Xaud.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Braziliya deyarli 14 nafar raqib futbolchiga qarshi o‘ynagandek bo‘lgan. — Jahon va Janubiy Amerika futbolida bunday vaziyatlar bo‘lishi mumkin emas. KONMEBOL bu holatga albatta chora ko‘radi, degan umiddaman. Bu holat davom etishi mumkin emas, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shu tariqa, Boliviyaning sensatsion g‘alabasi katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samir Xaud: Boliviyadagi o‘yin futbol emas, haqiqiy fojea edi