date

Javohir Ummataliyev keskin jangda Oralbayni yengib yarim finalga chiqdi

Javohir Ummataliyev keskin jangda Oralbayni yengib yarim finalga chiqdi

Angliyaning Liverpul shahrida qizg‘in tarzda davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana bir hamyurtimiz muxlislarni quvontirdi.

-80 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Javohir Ummataliyev qozog‘istonlik raqibi Nurbek Oralbayga qarshi juda shiddatli va murosasiz bellashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida har ikki bokschi ham o‘zining mahorat va chidamliligini namoyish etdi. Ammo hal qiluvchi daqiqalarda Ummataliyev ustunlikni qo‘lga kiritdi.

Hakamlar bahs yakunida yakdil qaror bilan g‘alabani Javohir Ummataliyevga berdi. Shu tariqa, hamyurtimiz musobaqaning yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, kamida bronza medalini naqd qildi.

Bu natija nafaqat sportchimiz uchun, balki butun jamoamiz va mamlakatimiz muxlislari uchun katta quvonch bo‘ldi. Endilikda Ummataliyevning keyingi bosqichda qanday harakat qilishi barchani qiziqtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, chempionat doirasida yana bir vakilimiz To‘rabek Xabibullayev qozog‘istonlik Sag‘indik Tog‘ambayga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu jang ham muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Javohir Ummataliyev keskin jangda Oralbayni yengib yarim finalga chiqdi