date

Jahongir Zokirov norvegiyalik raqibini yengib yarim finalga chiqdi

Jahongir Zokirov norvegiyalik raqibini yengib yarim finalga chiqdi

Xabaringiz bor, hozirgi kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Turnir doirasida dunyoning yetakchi sportchilari ringda yuksak maqsadlar uchun kurash olib bormoqda.

Shu nufuzli musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Jahongir Zokirov ham ishonchli harakatlari bilan muxlislarni quvontirdi. +90 kilogramm vazn toifasidagi chorak final bahsida u norvegiyalik raqibi Omar Shihani ringda mutlaq ustunlik bilan yengdi. Hakamlar yakdil qaroriga ko‘ra jang 5:0 hisobida Zokirov foydasiga hal bo‘ldi.

Bellashuv davomida bokschimiz raqibini himoyada yo‘l qo‘ygan xatolaridan ustalik bilan foydalanib, hujumlarda qat’iyat va texnika ko‘rsatdi. Uning ko‘rsatgan mahorati natijada ishonchli g‘alaba bilan yarim finalga yo‘l ochdi.

Ma’lumot uchun, bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ham rasman xabar berdi. Zokirovning ushbu natijasi nafaqat shaxsiy yutuq, balki yurtimiz boksi nufuzini yanada oshiruvchi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahongir Zokirov norvegiyalik raqibini yengib yarim finalga chiqdi