O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida yana bir muhim imtihonga tayyorgarlik ko‘rmoqda. FIFA kunlaridan unumli foydalanish uchun terma jamoamiz Malayziyada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu safar raqib sifatida Janubiy Amerikaning kuchli va nufuzli jamoalaridan biri Urugvayga qarshi maydonga tushishni kutmoqdamiz.
Ikki jamoa kelasi yili bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani bois, bu o‘yin har ikki tomon uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kecha Malayziyada o‘yin bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘yinning vaqti va joyi belgilandi. O‘zbekiston - Urugvay o‘rtoqlik o‘yini 13 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi. Poyga mahalliy vaqt bilan soat 20:45 da boshlanadi.
Malakka shahrida joylashgan "Hang Jebat" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinda terma jamoamiz yangi taktik usullarni sinab ko‘radi, shuningdek, yosh futbolchilar uchun katta tajriba maydoni bo‘ladi.
Qolaversa, ushbu o‘yin O‘zbekiston uchun nafaqat jahon chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik, balki jahon futbolidagi top-raqiblardan biriga qarshi kuch sinovi sifatida ham katta ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Muxlislar uchun esa 13 oktyabr kungi o‘yin uzoq vaqt esda qoladigan sport bayramiga aylanishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!