«Manchester Siti»ning portugaliyalik yetakchi yarimhimoyachisi Bernardu Silva jamoa raqobatchilari haqida o‘z fikrlarini bildirib, «Arsenal»ni hali asosiy raqiblar safida ko‘rmasligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Angliya futbolidagi har bir derbi va raqobatning o‘z tarixi va o‘ziga xos ruhi bor. Masalan, «Manchester Yunayted» bilan bellashuvlar geografiya jihatdan muhim ahamiyatga ega, chunki ikki jamoa bir shaharning vakillari. Ammo so‘nggi yillarda «qizil iblislar» o‘ziga xos inqiroz davrini boshdan kechirmoqda, shu bois ular chempionlik yo‘lida jiddiy to‘siq emas.
«Biz uchun asosiy raqib har doim «Liverpul» bo‘lgan. Chunki ular so‘nggi mavsumlarda muntazam ravishda chempionlik uchun biz bilan yelkama-yelka turib kurashishdi, hatto ayrim hollarda g‘alaba qozongan paytlari ham bo‘ldi. Bu raqobatning shiddati boshqa barcha to‘qnashuvlardan kuchli», – dedi Silva.
Shu bilan birga, portugaliyalik futbolchi «Arsenal» haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, «to‘pchilar» oxirgi yillarda juda kuchaydi, tarkib va o‘yin uslubi jihatidan katta qadam tashladi. Biroq ular hali chempionlik uchun doimiy da’vogarga aylanish darajasiga yetmagan.
«Albatta, «Arsenal» keyingi yillarda sovrinlar uchun kurasha boshladi. Ular salohiyatga ega va kuchayib borishmoqda, ammo chempionlik bosqichida hali yetakchi darajaga chiqishlari kerak», – deya qo‘shimcha qildi Silva.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!