O‘zbekiston terma jamoasi 22 noyabr kuni e’lon qilingan FIFAning yangi reytingida 62-o‘rinni egalladi.
O‘tgan oyda ham terma jamoa shu o‘rinda bo‘lgandi, o‘tgan vaqt ichida terma jamoa bironta uchrashuv o‘tkazmagan. O‘tgan oy reytingida 558 o‘rin bilan shu o‘rinni egallagan Samvel Babayan boshqaruvidagi terma jamoaning bu oy reytingidagi ochkolari soni ham o‘zgarmagan.
Osiyo bo‘yicha Eron eng yaxshi natijani ko‘rsatgan - 797 ochko bilan 29-o‘rin. Eronliklar Ukraina bir pog‘ona sho‘ng‘ishi tufayli 1 pog‘ona yuqorilagan. Koreya Respublikasi esa 699 ochko bilan 37-o‘rinda.
Osiyo mintaqasi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Yaponiya (45-o‘rin, 644 ochko) va Saudiya Arabistoni (54-o‘rin, 589 ochko) terma jamoalari ham O‘zbekistondan yuqorida joylashgan. Saudiyaliklar Isroil va Rossiya terma jamoalari quyiga tushishi evaziga avvalgi oyda qayd etgan natijasini 2 o‘ringa yaxshilagan. O‘zbekistonga eng yaqin joylashgan Osiyo jamoalari qatorida BAA (64-o‘rin, 537 ochko) va Xitoy (82-o‘rin, 423 ochko).
Umumiy reytingning kuchli o‘nligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Argentina
2. Braziliya
3. Germaniya
4. Chili
5. Belgiya
6. Kolumbiya
7. Fransiya
8. Portugaliya
9. Urugvay
10. Ispaniya
Eng chuqur "sho‘ng‘ish" Kuba terma jamoasi tomonidan qayd etilgan. Kubaliklar bir oy ichida 26 pog‘ona pastlagan va 151-o‘ringa joylashgan. Eng yaxshi ko‘tarilish - Ruanda terma jamoasida: 101-o‘rindan 92-o‘ringa yuqorilash. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi