Kecha Angliya Premer-ligasining beshinchi turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari to‘qnash keldi. London maydonida kechgan keskin va shiddatli uchrashuv 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi.
O‘yinda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Birinchi bo‘limda u o‘zining himoyadagi qat’iyatli harakatlari bilan ko‘zga tashlandi, bir necha bor raqib hujumchilarini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq taym yakuniga yaqin himoyachimiz kichik jarohat oldi.
Tanaffusdan keyin Pep Gvardiola xavfga bormaslikni ma’qul ko‘rib, Husanovni zaxiraga oldi va uning o‘rniga boshqa futbolchini maydonga tushirdi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik legioner bahsni faqat birinchi bo‘limda o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Shuningdek, statistik portallar futbolchining harakatlarini baholashdi. «Sofascore» nashri Husanovga 6,8 ball qo‘yib, uning harakatlarini o‘rtadan yuqori deb baholadi. Bu ko‘rsatkich uning o‘yinga jiddiy kuch sarf etganini va maydonda faol bo‘lganini anglatadi.
Qayd etish joizki, «Manchester Siti» safida o‘zbekistonlik futbolchining ishtiroki APL muxlislari uchun alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Husanovning har bir harakati OAV va tahlilchilar tomonidan sinchiklab kuzatilmoqda.
Jamoa esa ushbu durangdan keyin turnir jadvalidagi muhim ochkolarni yo‘qotdi. Biroq hali mavsum oldida uzun va keskin kurashlar turganini hisobga olganda, himoyachimiz va uning jamoasi o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarga erishish imkoniyatidan mahrum emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!