Qozog‘istonning «Qayrat» jamoasi va madridlik «Real» o‘rtasidagi to‘qnashuvga qiziqish juda yuqori bo‘ldi. UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuv uchun barcha biletlar sotib bo‘lingani haqida mezbon klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur bellashuv 30 sentyabr kuni, seshanbada Olma-otadagi stadionda o‘tkaziladi.
«Qayrat» musobaqaning yangi mavsumida omadsiz start oldi. Birinchi turda qozog‘istonlik futbolchilar safarda Lissabonning «Sporting» klubiga 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.
Shu bilan birga, «Real Madrid» turnirni muvaffaqiyatli boshladi. Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa «Santyago Bernabeu»da Fransiyaning «Marsel» klubini 2:1 hisobida taslim etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar