Ispaniya chempionati 6-turining yakunlovchi bahsida «Barselona» safarda «Real Oviyedo» mehmoni bo‘lib, muxlislar uchun keskin burilishlarga boy uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘lim mezbonlar uchun ijobiy yakunlandi — 33-daqiqada Reyna tomonidan urilgan gol «Oviyedo»ni oldinga olib chiqdi. Ammo ikkinchi taymda vaziyat tubdan o‘zgardi: 54-daqiqada Erik Garsiya hisobni tenglashtirdi, 70-daqiqada Robert Levandovski «katalonlar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv oxirlarida esa Ronald Arauxo tomonidan kiritilgan gol «Barselona»ning g‘alabasini mustahkamladi.
Flik shogirdlari ushbu zafar bilan ochkolarini 16 taga yetkazib, 18 ochkoga ega bo‘lgan peshqadam «Real Madrid»ni ta’qib qilishda davom etyapti. «Real Oviyedo» esa 3 ochko bilan 18-pog‘onada qolib ketdi.
La Liga. 6-tur
Real Oviyedo — Barselona 1:3
25 sentyabr, «Nuevo Karlos Tartiyer» stadioni
Gollar: Reyna (33) — Erik Garsiya (54), Levandovski (70), Arauxo (86).
Real Oviyedo: Eskandel, Alhasan, Reyna (Brekalo, 76), Bayi, Ayhado, Dendonker (Kolombatto, 89), Karmu, Kasorla (Ilich, 65), Rondon, Hasan (Sibo, 65), Chaira (Fores, 75).
Barselona: Joan Garsiya, Arauxo, Erik Garsiya, Martin, Kubarsi, Kasado (De Yong, 46), Olmo, Pedri (Bernal, 90+1), Rafinya (Levandovski, 65), Reshford (Kristensen, 90+1), Ferran.
Ogohlantirish: Bayi (90+2).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!