“Manchester Siti” gʻalabasi "Byornli"ni quyi ligaga tushirib yubordi

Angliya Premer-ligasining 34-turida “Byornli” va “Manchester Siti” oʻrtasidagi uchrashuv har ikki jamoa uchun ham katta ahamiyat kasb etdi. Maydondagi natija turnir jadvaliga jiddiy taʼsir koʻrsatdi.
Safarda oʻynagan boʻlishiga qaramay, “Manchester Siti” Erling Xoland urgan yagona gol evaziga 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Shu orqali jamoa oʻtgan yilning avgust oyidan beri ilk bor yana jadvalning birinchi pogʻonasiga koʻtarildi.
Bu magʻlubiyat “Byornli” uchun juda ogʻir zarba boʻldi. Oʻz maydonidagi yoʻqotish orqali jamoa Premer-ligada qolish imkoniyatidan deyarli uzilib qoldi.
Hatto qolgan barcha turlarda gʻalaba qozonsa ham, “Byornli” elita divizionda saqlanib qolish uchun yetarli ochko toʻplay olmaydi. Bu holat jamoaning quyi ligaga tushib ketishini deyarli rasmiylashtiradi.
Bundan oldin “Vulverxempton” ham Premer-ligada qolish imkoniyatini yoʻqotgani maʼlum boʻlgan edi. Endi esa oxirgi yoʻllanma uchun kurash yanada qizgʻin tus olgan.
Hozircha quyi ligaga tushadigan uchinchi jamoa nomi aniq emas. Lekin 18-oʻrinda turgan “Tottenxem” ham xavf ostida boʻlib, agar ular ham tushib ketsa, bu mavsumning eng katta shoklaridan biri boʻladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!