date

"Oltin to‘p" sohibi Kannavaro O‘zbekiston taklifini rad etdi

"Oltin to‘p" sohibi Kannavaro O‘zbekiston taklifini rad etdi

2006 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan italiyalik mashhur futbolchi va murabbiy Fabio Kannavaro, «Sport-Ekspress» xabariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida Qozog‘iston hamda O‘zbekiston terma jamoalari taklifini qabul qilmadi.

Manbalarning ma’lumot berishicha, 52 yoshli mutaxassis bu takliflarga xushmuomalalik bilan rad javobini bergan. Kannavaro hozirda asosiy maqsadini Italiyaga qaytish va mavsum davomida imkoniyat tug‘ilsa, A Seriyasi jamoalaridan birini boshqarish bilan bog‘lamoqda.

Avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston OAVlarida Kannavaro bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq afsonaviy futbolchi e’tiborini Yevropa, ayniqsa, Italiyada ishlash imkoniyatiga qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kannavaro murabbiylik faoliyati davomida «Al-Ahli», «Guanchjou Evergrand», «An-Nasr», «Tyanszin Syuanszyan», Xitoy milliy terma jamoasi, shuningdek, Yevropada «Benevento», «Udineze» va Zagrebning «Dinamo» klublarini boshqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Oltin to‘p" sohibi Kannavaro O‘zbekiston taklifini rad etdi