Madridning mashhur «Real» klubi rahbari Florentino Peres kelayotgan yoz mavsumida jamoani yangi kuchlar bilan to‘ldirish niyatida ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, «qirollik klubi» kamida ikkita katta transfer amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Yangi futbolchilar ro‘yxatida asosan yarim himoyachilarga e’tibor qaratilgan.
Xususan, «qaymoqranglilar»ning asosiy maqsadlaridan biri «Manchester Siti»ning tajribali xavbeki Rodri hisoblanadi. Shuningdek, Italiyaning «Komo» klubi a’zosi bo‘lgan Nikolas Pas ham ehtimoliy xarid sifatida ko‘rilmoqda.
Shu tariqa, «Real» rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish va yangi mavsumda ham yuqori maqsadlarga erishish uchun jiddiy qadamlar tashlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar