"Chempionat" internet nashri Rossiya chempionatiga kelgach transfer qiymati oshib ketgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi va unga Odil "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedovni ham kiritdi, deb xabar bermoqda Fut.uz sayti.
Odil Ahmedov Premer ligada o‘ynagunga qadar 1,5 million evroga baholangani va hozirga kelib 9 million evro turishi ko‘rsatilgan.
"Odil Ahmedov kabi mehnatkash va bardoshli futbolchilar Osiyoda yuksak qadrlanadi. Shunday ekan, Odil xitoylik futbol sarmoyadorlari e’tiboriga tushgani ajablanarli emas.
Ammo "Krasnodar" xo‘jayini Sergey Galiskiy yarim himoyachini arzonga berib yubormaydi. Birinchidan, Galiskiy uchun pul muammo emas, kerak bo‘lsa uning o‘zi "Shandun"ning istalgan futbolchisini sotib olishi mumkin.
Ikkinchidan esa, Odil Ahmedovning transfer qiymati Rossiya chempionatidagi faoliyati davomida ancha o‘sdi. Bunday futbolchini agar qo‘yib yuborishsa ham, katta pul evaziga sotishlari turgan gap. Bu o‘rinda gap pulda ham emas, balki prinsipda", - deyiladi "Chempionat" nashrining maqolasida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?