date

Mikel Arteta "Olimpiakos"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

Mikel Arteta "Olimpiakos"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasining 2-turida "Olimpiakos"ga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Arteta fikricha, jamoasi qiyin raqibga qarshi muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatdi va darvozani daxlsiz saqlab qolishdan xursand. "Biz juda yaxshi boshladik. Gol urdik, keyin yana yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik. YECHLda shunday imkoniyatlardan foydalanish juda muhim. Agar ularni o‘tkazib yuborsangiz, mag‘lubiyatga uchrashingiz hech gap emas", – dedi murabbiy.

O‘yinning oxirgi daqiqalarida David Rayyaning ajoyib seyvi jamoa g‘alabasini ta’minladi. "Barcha yigitlarga rahmat aytish kerak. Ular juda yaxshi harakat qilishdi", – deya xulosa qildi Arteta.

Shuningdek, Arsenal 6 ochko bilan turnir jadvalining 5-o‘rnida bormoqda. Gretsiya klubi "Olimpiakos" esa 1 ochko bilan 29-o‘rinni egallamoqda.

Gretsiya klubi 3-turda "Barselona" bilan, "Arsenal" esa "Atletiko" bilan ro‘baro‘ keladi. Har ikki o‘yin 21-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mikel Arteta "Olimpiakos"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi