date

«Inter» «Kremoneze»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

«Inter» «Kremoneze»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan «Inter» va «Kremoneze» o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tdi va yakunda mezbonlar yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Mezbonlar tomonidan kiritilgan to‘rt golga Lautaro, Bonni, Dimarko va Barella mualliflik qildi. Shuningdek, Bonni bu uchrashuvda uchta assist muallifi bo‘ldi. Mehmonlarning yagona golini esa 87-daqiqada Bonazzoli kiritdi.

Mazkur natijadan so‘ng milanliklar 12 ochko bilan vaqtincha peshqadam bo‘lib oldi. «Kremoneze» esa 9 ochko to‘plagan holda 8-pog‘onadan joy olgan. Qayd etish lozim, liga debyutanti bu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.

A Seriya. 6-tur

Inter — Kremoneze 4:1

Gollar: Lautaro 6, Bonni 38, Dimarko 55, Barella 57 — Bonazzoli 87.

Inter: Zommer, Akanji, De Vrey, Bastoni (Augusto 61), Dumfris (Enrike 53), Frattezi, Barella, Mxitaryan (Diuf 75), Dimarko, Bonni (Espozito 61), Lautaro (Suchich 75).

Kremoneze: Silvestri, Chekkerini (Faye 58), Bashirotto, Byanketti, Floriani Mussolini (Barbiyeri 74), Grassi, Bondo, Vaskes (Vardi 58), D. Petssella, Yonsen (Vandeputte 46), Sanabriya (F. Bonazzoli 57).

Ogohlantirishlar: Suchich 84 - D. Petssella 86.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Inter» «Kremoneze»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (video)