date

Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mehmonda "Gyoztepe"ga mag‘lub bo‘ldi

Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mehmonda "Gyoztepe"ga mag‘lub bo‘ldi

Turkiya Superligasi 8-tur doirasidagi "Gyoztepe" — "Istanbul Bashakshexir" o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Istanbulliklar safida hujumchi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi, yarim himoyachi Abbos Fayzullayev esa 61-daqiqada maydonga tushirildi.

Bahs taqdiri mezbonlar o‘yinchisi Xuanning 43-daqiqadagi goli bilan hal bo‘ldi.

Turkiya Superligasi. 8-tur

Go‘ztepa — Bashakshehir 1:0

5 oktyabr, «Gyuksel Aksel»

Gol: Santos (43).

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Santos (26).

Go‘ztepa — Lis, Godoy, Heliton, Bokele, Cherni, Dennis (Yildiz, 69), Gomes (Bakiro‘g‘li, 69), Kurtulan (Altikardesh, 88), Miroshi, Janderson (Bayir, 84), Santos (Sabra, 69).

Bashakshehir — Shengezer, Shahiner (Ebosele, 75), Ba, Opoku, Operi, O‘zdemir (Gunesh, 81), Kalujinski, Krespo (Turuch, 61), Harit (O‘zg‘ur, 75), Da Koshta (Fayzullayev, 61), Shomurodov.

Ogohlantirishlar: Ba (7), Operi (45+2), Dennis (46), Yildiz (80), Turuch (90+2).

«Go‘ztepa» ochkolarini 16 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. «Bashakshehir» esa 6 ochko bilan 13-pog‘onada qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mehmonda "Gyoztepe"ga mag‘lub bo‘ldi