date

Urugvay terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Urugvay terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa oktyabr oyida Dominikan Respublikasi va O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda tajribali o‘yinchilar bilan birga so‘nggi mavsumlarda porlab chiqayotgan yoshlar ham joy olgan.
Darvozabonlar:
Franko Israeel («Sporting»), Kristofer Fermarin («Deportes Tolima»).
Himoyachilar:
Xose Luis Rodriges («Vasko da Gama»), Santyago Bueno («Vulverhempton»), Santyago Mourino («Vilyarreal»), Nikolas Marichal («Dinamo» Moskva), Marselo Sarachchi («Seltik»), Xuan Manuel Sanabriya («Atletiko San-Luis»), Kevin Amaro («Liverpul», Urugvay).
Yarim himoyachilar:
Nikolas Fonseka («River Pleyt»), Emiliano Martines («Palmeyras»), Ignasio Lakintana («Bragantino»), Fakundo Torres («Palmeyras»), Rodrigo Salasar («Braga»).
Hujumchilar:
Lusiano Rodriges («Neom»), Federiko Vinyas («Leon»), Agustin Alvares («Sassuolo»).
Malayziyada o‘tadigan Urugvay — O‘zbekiston bahsi 13-oktyabr kuni soat 17:45 da start oladi. Avvalroq urugvayliklar yetakchilaridan biri Federiko Valverde mazkur o‘yinda maydonga tushmasligi ma’lum qilingandi.
Belsaning mazkur chaqiruvida La Liga, APL va Seriya Ada to‘p surayotganlar bilan bir qatorda Janubiy Amerika klublaridan kelgan iste’dodlar ham ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Murabbiy odatdagidek, tarkibda raqobatni oshirish va yangi sxemalarni sinab ko‘rishga urinmoqda. Ushbu o‘yinlar jahon chempionati oldidan yangi nomlarni sinovdan o‘tkazish, jamoaning taktik qurilishini mustahkamlash va o‘yin nazariyasini amaliyotda tekshirish uchun muhim imkoniyat bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Urugvay terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi