date

Iliya Topuriya: Qirol qaytmoqda, hech kim o‘zini xavfsiz his qilmasin!

Iliya Topuriya: Qirol qaytmoqda, hech kim o‘zini xavfsiz his qilmasin!

Yengil vazn toifasida amaldor UFC chempioni Iliya Topuriya yaqin orada yana oktagonga qadam qo‘yishini ochiq qildi. Uning aytishicha, g‘alabalar silsilasini uzaytirish va yangi yuksakliklarni egallash uchun tayyorgarlik to‘liq sur’atda ketmoqda.
Chempion ijtimoiy tarmoqda muxlislariga qisqa, lekin qat’iy signal yo‘lladi: “Qirol qaytadi. Hech kim o‘zini xavfsiz his qilmasin. Navbatga turing — yurish davom etadi”, deya yozdi jangchi, raqiblar safidagi har bir da’vogarga ishora qilgan holda.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya so‘nggi bellashuvini 2025-yil 29-iyunda o‘tkazgan edi. O‘sha tunda u yengil vaznda bo‘sh turgan chempionlik kamari uchun 35 yoshli sobiq qirol Charlz Oliveyraga qarshi maydonga tushib, kechuvni birinchi raunddayoq ishonchli nokaut bilan yakunlagan. Shu g‘alaba ortidan Iliya titulni belbog‘iga taqib, divizion yetakchisi sifatida o‘z so‘zini aytgandi.
Hozircha sana va raqib yuzasidan rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan, ammo chempionning ohangiga qaraganda, oktagonga qaytish sanasi yaqin. Demak, yengil vazndagi dovrug‘li nomzodlar uchun navbat yana uzayishi, muhimi — Topuriyaning “bosqini” davom etishi aniq. Muxlislar esa navbatdagi shouni sabrsizlik bilan kutayapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iliya Topuriya: Qirol qaytmoqda, hech kim o‘zini xavfsiz his qilmasin!