date

O‘zbek dzyudochilari Jahon chempionatini top-10 talikda yakunlashdi

O‘zbek dzyudochilari Jahon chempionatini top-10 talikda yakunlashdi

Peru poytaxti Limada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakkalik bellashuvlari marraga yetdi. Musobaqaning so‘nggi ish kunida og‘ir vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi va, quvonarlisi, uch nafar yigit-qizimiz pedestalga ko‘tarildi.
+78 kg vazn toifasida Umida Nig‘matova barcha raqibalarini ortda qoldirib, finalgacha yetdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar bahsida esa -90 kg da Alisher Samanov hamda -100 kg da Muhammadali Zoirov jonbozlik ko‘rsatib, termamiz xazinasini ikkita bronza bilan boyitishdi.
Shu tarzda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi umumiy hisobda 1 ta kumush va 5 ta bronza bilan musobaqani yakunlab, 65 davlat orasida munosib tarzda 10-o‘rinni egalladi.
Birinchi o‘rinni Yaponiya 5 oltin, 4 kumush, 4 bronza bilan egalladi, kuchli uchlikka Braziliya va IJF jamoasi ham kirdi.
Pedestalga chiqqan dzyudochilarimiz
Kumush:
+78 kg — Umida Nig‘matova
Bronza:
-48 kg — Laziza Haydarova
-60 kg — Samariddin Qo‘chqorov
-81 kg — Samariddin Muxibiddinov
-90 kg — Alisher Samanov
-100 kg — Muhammadali Zoirov
Yoshlarimiz Limada qulay sharoitda emas, raqobati juda yuqori doirada o‘zbekistoncha jasorat ko‘rsatishdi. Bu medallar — keyingi bosqichlar, kattalar o‘rtasidagi yirik startlar oldidan ishonch va ruh beruvchi muvaffaqiyat. Qolgani — mehnatni to‘xtatmaslik va g‘alabalar silsilasini davom ettirish!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek dzyudochilari Jahon chempionatini top-10 talikda yakunlashdi