Italiya chempionatida maosh bo‘yicha yangi yetakchi aniqlandi. “Yuventus” va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Dushan Vlaxovich A Seriyada eng ko‘p daromad oluvchi futbolchi sifatida qayd etildi. Bu haqda “Transfermarkt” portali ma’lum qildi.
Manbaning yozishicha, Vlaxovichning soliqlar bilan hisoblangan yillik maoshi 22,2 million yevroga teng. Bu ko‘rsatkich uni nafaqat Italiyada, balki Yevropaning yetakchi chempionatlari orasida ham yuqori toifaga chiqaradi.
Vlaxovichdan keyingi o‘rinda “Inter” hujumchisi Lautaro Martines joy olgan — uning maoshi yiliga 16,6 million yevroni tashkil etadi. Kuchli uchlikni esa “Roma” klubi yetakchisi Paulo Dibala yakunlab, 12,9 million yevro ishlab topmoqda.
A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi 15 nafar futbolchisi ro‘yxati quyidagicha:
Dushan Vlaxovich (“Yuventus”) — 22,2 mln yevro
Lautaro Martines (“Inter”) — 16,6 mln yevro
Paulo Dibala (“Roma”) — 12,9 mln yevro
Kevin De Bryuyne (“Napoli”) — 11,1 mln yevro
Jonatan Devid (“Yuventus”) — 11,1 mln yevro
Rasmus Xoylund (“Napoli”) — 9,3 mln yevro
Kristofer Nkunku (“Milan”) — 9,3 mln yevro
Alvaro Morata (“Komo”) — 8,3 mln yevro
Markus Tyuram (“Inter”) — 7,8 mln yevro
Romelu Lukaku (“Napoli”) — 7,7 mln yevro
Lua Openda (“Yuventus”) — 7,4 mln yevro
Rafael Leau (“Milan”) — 6,6 mln yevro
Leon Beyli (“Roma”) — 6,5 mln yevro
Artem Dovbik (“Roma”) — 6,4 mln yevro
Lorenso Pellegrini (“Roma”) — 6,4 mln yevro.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Vlaxovichning yuqori maoshi “Yuventus” rahbariyatining unga bo‘lgan ishonchi va hujum chizig‘idagi yetakchi sifatidagi maqomini ko‘rsatadi. Serbiyalik futbolchi joriy mavsumda ham yaxshi formada bo‘lib, jamoasi uchun muhim gollar urishda davom etmoqda.
Shu tariqa, A Seriyadagi moliyaviy ko‘rsatkichlar yana bir bor katta klublar o‘rtasidagi raqobat darajasi va futbolchilarning bozor qiymatini yaqqol namoyon etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!