date

Marselo Belsa: O‘zbekiston bilan o‘yinga jiddiy tayyorlanamiz

Marselo Belsa: O‘zbekiston bilan o‘yinga jiddiy tayyorlanamiz

Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsidan (1:0) so‘ng Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Mashhur argentinalik mutaxassis jamoaning o‘yinidan to‘liq qoniqmaganini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bellashuvda ayrim yangi futbolchilarga imkoniyat berilgan, ammo jamoa o‘z salohiyatini to‘liq namoyish eta olmagan.

“Bugun yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazdim. Ammo o‘yindan qoniqmadim — harakatimiz kutilgan darajada bo‘lmadi. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda bunday bo‘lmasligi kerak. Bu jamoa jahon chempionatida qatnashadi, shuning uchun raqibga jiddiy yondashishimiz zarur. Qolaversa, ularda yaqinda bosh murabbiy almashdi,” — dedi Belsa.

Jurnalistlar uning O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinini kuzatgan-ko‘rmagani haqida so‘rashdi. Belsa esa hozircha raqibni o‘rganmaganini, ammo jamoa tez orada bu bellashuvga tayyorgarlikni boshlashini ma’lum qildi.

“Hali O‘zbekiston o‘yinini ko‘rmadim. Endi butun e’tiborni shu bahsga qaratamiz. Tarkib masalasi esa o‘yindan bir kun avval aniqlanadi,” — deya javob berdi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi 13-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:45 da start oladi.

Murabbiyning fikrlaridan kelib chiqib aytganda, Urugvay termasi bu bahsni jiddiy qabul qilmoqda va asosiy tarkibda bir qator tajribali futbolchilarni maydonga tushirish ehtimoli katta.

Marselo Belsa esa har doimgidek raqibni chuqur tahlil qilib, o‘yin strategiyasini o‘ziga xos uslubda shakllantirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marselo Belsa: O‘zbekiston bilan o‘yinga jiddiy tayyorlanamiz