date

Abduqodir Husanov maydonga qaytish arafasida turibdi

Abduqodir Husanov maydonga qaytish arafasida turibdi

“Manchester City” jamoasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov yaqin orada maydonga qaytishi mumkin, deb xabar berdi UPL.uz. U APLning 5-turidagi “Arsenal”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, tanaffusda almashtirilgandi.

Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola futbolchi biroz muddat mayдонlardan chetda qolishini bildirgandi. Biroq so‘nggi xabarlarga ko‘ra, uning sog‘ayish jarayoni kutilganidan tezroq ketmoqda.

Standard gazetasining yozishicha, Husanov 18-oktabr kuni APL 8-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Everton”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Joriy mavsumda u “Manchester City” safida 5 ta o‘yinda ishtirok etgan. Biroq uning asosiy tarkibda boshlashi — tibbiy ko‘rik natijasi va himoya chizig‘idagi ishonchlilikka bog‘liq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov maydonga qaytish arafasida turibdi