date

“The Guardian” nashri 17 yoshli o‘zbekistonlik futbolchini iste’dodli deb e’tirof etdi

“The Guardian” nashri 17 yoshli o‘zbekistonlik futbolchini iste’dodli deb e’tirof etdi

Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Guardian” nashri jahon futbolidagi eng istiqbolli 60 nafar yosh futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu ro‘yxatdan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanov ham o‘rin oldi.

U-17 Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin o‘tkazgan. Birinchi bo‘limda gol urilmagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonliklar ikki nafar o‘yinchi maydondan chetlatilganidan so‘ng to‘qqiz kishi bo‘lib qolishgan. Aynan shunday og‘ir vaziyatda birinchi gol penaltidan kiritilgan, ikkinchi golda esa Sadriddin Hasanovning shaxsiy mahoratli harakatlari hal qiluvchi bo‘lgan.

Turnir davomida Hasanov jami to‘rta gol muallifi bo‘lib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan. Chap qanotdan ichki tomonga kesib kirishni yoqtiradi, tezligi va kuchli zarbalari bilan ajralib turadi. “The Guardian” uni Osiyoning “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” unvoniga da’vogar sifatida e’tirof etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “The Guardian” nashri 17 yoshli o‘zbekistonlik futbolchini iste’dodli deb e’tirof etdi