date

“Siti” Rodriga voris izlayapti: Aleksandar Pavlovich asosiy nomzod...

“Siti” Rodriga voris izlayapti: Aleksandar Pavlovich asosiy nomzod...

“Manchester Siti” yozda transfer bozorida yana shov-shuvli harakat qilishni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati maydon markazini mustahkamlash uchun “Bavariya”ning yosh yarimhimoyachisi Aleksandar Pavlovichni sof tarzda “Rodrining vorisi” sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gvardiola jamoasi joriy mavsumda o‘yin markazida barqarorlikni saqlab qolish uchun Pavlovichga jiddiy qiziqish bildirgan. Ispaniyalik mutaxassis uning taktik fikrlash qobiliyati va pas aniqligini yuqori baholamoqda.

20 yoshli nemis futbolchisi bu mavsum “Bavariya” safida 13 marta maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning harakat uslubi Rodriga o‘xshashligi bilan ajralib turadi — aniq paslar, tez qaror qabul qilish va raqib hujumini buzishdagi sovuqqonligi uni markazda muhim figura qilib ko‘rsatadi.

“Bavariya” bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2029 yil yozigacha amal qiladi. “Transfermarkt” portali Pavlovichni 55 million yevroga baholagan, “Siti” ushbu summa atrofida muzokaralar olib borishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “shaharliklar” jamoasi Rodrining ehtimoliy dam olishi yoki jarohat holatida mustahkam zaxiraga ega bo‘lishni maqsad qilgan. Pavlovich esa bu o‘rin uchun eng mos nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.

Shunday qilib, yozgi transfer oynasida “Siti” va “Bavariya” o‘rtasida qiziq muzokaralar kutilmoqda — Aleksandar Pavlovich yangi “Etihad” yulduziga aylanishi ehtimoli yo‘q emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Siti” Rodriga voris izlayapti: Aleksandar Pavlovich asosiy nomzod...