date

Britaniya generali: Ukraina Rossiyani yengishi amrimahol

Britaniya generali: Ukraina Rossiyani yengishi amrimahol

Ukraina Rossiya bilan bo‘layotgan urushda g‘olib bo‘la olmaydi va Kiyev Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlashi kerak. Bu haqda Britaniya Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Devid Richards “The Independent” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Nashr ta’kidlashicha, Britaniya armiyasining yuqori martabali sobiq zobiti Ukraina urushda g‘alaba qozonishi ehtimoli juda pastligini aytib, tinchlik shartlari yuzasidan Kreml bilan muloqotga kirishish zarurligini bildirgan.

Richardsning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Kiyevga Rossiya qo‘shinlarini NATO yordamisiz orqaga qaytarishi mumkinligi haqida “asossiz umidlar” bergan.

“Biz Ukrainani jangga undadik, ammo unga g‘alaba uchun zarur vositalarni bermadik. Mening fikrimcha, ular bu urushda g‘olib bo‘la olmaydi”, — degan Britaniya armiyasining sobiq bosh qo‘mondoni.

Uning ta’kidlashicha, urushning cho‘zilishi Ukraina uchun ham, Yevropadagi xavfsizlik tizimi uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Richards bu vaziyatdan chiqish yo‘li faqat diplomatik yechim orqali topilishiga ishonch bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Britaniya generali: Ukraina Rossiyani yengishi amrimahol