date

Uilfrid Zaxa Matetaga javob berdi: “Men seni masxara qilmaganman”

Uilfrid Zaxa Matetaga javob berdi: “Men seni masxara qilmaganman”

Fransiyalik hujumchi Jan-Filipp Mateta yaqinda intervyu berdi. U o‘zining “Kristal Pelas”dagi sobiq jamoadoshlari unga ishonmaganini va milliy terma jamoaga chaqirilishiga shubha qilganini aytdi.

Mateta, xususan, Uilfrid Zaxani o‘ziga kulgan futbolchi sifatida tilga oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Zaxa bu fikrlarga javob berdi. U hech qachon Matetani masxara qilmaganini ta’kidladi.

Zaxaning so‘zlariga ko‘ra, ular doimo do‘stona munosabatda bo‘lishgan va bir-biriga hazil qilishgan, biroq u hech qachon Matetani haqorat qilmagan. Zaxa, sobiq do‘sti bunday da’vo qilgani uchun afsusda ekanini bildirdi.

Uilfrid Zaxa hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida faoliyat yuritmoqda. U avval “Kristal Pelas”da bir necha mavsum to‘p surgan edi.

Zaxa va Mateta o‘z vaqtida bir jamoada birga o‘ynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uilfrid Zaxa Matetaga javob berdi: “Men seni masxara qilmaganman”