date

“Vilyarreal” La Liga qarorini hurmatsizlik deb atadi

“Vilyarreal” La Liga qarorini hurmatsizlik deb atadi

La Liga rahbariyati “Vilyarreal” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv Mayamida o‘tkazilmasligini e’lon qildi. Euro-football.ru yozishicha, “Vilyarreal” klubi bu qarorni bir necha sababga ko‘ra norozilik bilan qabul qildi.

“Vilyarreal” vakillari La Liga rahbariyatining bu qarorini yetarli darajada puxta rejalashtirilmagani va noto‘g‘ri tashkilotchilik sifatida baholadi. Klub, shuningdek, rasmiy bayonot o‘yinchilarning Chempionlar ligasidagi “Manchester Siti”ga qarshi o‘yini vaqtida e’lon qilingani hurmatsizlik bo‘lganini ta’kidladi.

Kutilishicha, chorshanba kuni “Vilyarreal” klubi AQSHda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yin bekor qilinishi yuzasidan rasmiy bayonot beradi. Avvalroq, “Barselona” ham o‘yin bekor qilingani haqida rasmiy munosabat bildirgan edi.

La Liga rahbariyati xorijda o‘yin o‘tkazish tashabbusi ustida bir necha yildan beri ish olib bormoqda. Kelgusida bunday uchrashuvlar o‘tkazilishi mumkinligi haqida turli taxminlar mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Vilyarreal” La Liga qarorini hurmatsizlik deb atadi