date

Gvardiola Nikolas Pepeni Chempionlar ligasi o‘yinida maqtadi

Gvardiola Nikolas Pepeni Chempionlar ligasi o‘yinida maqtadi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Vilyarreal" futbolchisi Nikolas Pepe o‘yinini baholadi. Pepe kecha bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq uning jamoasi "Manchester Siti"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Gvardiola o‘z fikrida Pepe ilgari "Arsenal"da o‘ynaganini eslab o‘tdi va uni yaxshi futbolchi deb atadi. U "Arsenal" Pepe uchun katta mablag‘ to‘laganini asosli deb hisoblaydi. Gvardiolaning ta’kidlashicha, Pepe raqib maydonida xavfli harakat qiladi va birga-bir vaziyatlarda ustunlikka ega.

Biroq, bu safar "Manchester Siti" himoyachilari — Gvardiol, Bernardu Silva va Dok-u — unga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ma’lumot uchun, "Arsenal" 2019-yilda Pepe uchun "Lill" klubiga 80 million yevro to‘lagan.

Biroq, Pepe Angliyada o‘zini ko‘rsata olmadi va 2023-yilda "Trabzonspor"ga erkin agent sifatida o‘tdi. Kelajakda u "Vilyarreal" tarkibida o‘zini namoyon qilishga harakat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Nikolas Pepeni Chempionlar ligasi o‘yinida maqtadi