"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde "Manchester Siti" klubi ro‘yxatiga kiritildi. Euro-football.ru yozishicha, ingliz jamoasining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Baldeni o‘z safiga qo‘shishni istaydi.
U bu borada "Barselona" sport direktori Deku bilan muzokara o‘tkazgan. 2023-yilda "Manchester Siti" Baldeni sotib olishga harakat qilgan, ammo "Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, futbolchini qo‘yib yubormagan.
Hozirda kataloniyaliklar moliyaviy ahvolini barqarorlashtirdi va Balde jamoaning asosiy yetakchilaridan biriga aylandi. Shunga qaramay, Gvardiola Baldeni o‘z uslubiga mos futbolchi deb hisoblaydi va uni qo‘lga kiritish niyatidan voz kechmagan.
21 yoshli ispaniyalik himoyachi "Barselona" bilan 2028-yilgacha shartnoma tuzgan. Transfermarkt mutaxassislari Baldening narxini 60 million yevro atrofida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!