date

JCH-2026: Osiyodagi so‘nggi yo‘llanma taqdiri noyabrda hal bo‘ladi

JCH-2026: Osiyodagi so‘nggi yo‘llanma taqdiri noyabrda hal bo‘ladi

Osiyoda 2026 yilgi jahon chempionati uchun saralashning hal qiluvchi bosqichi yaqinlashmoqda. Noyabr oyidagi FIFA kunlarida JCH-2026ning beshinchi saralash raundi bahslari bo‘lib o‘tadi. Bu bosqichda to‘rtinchi bosqichda ikkinchi o‘rinni egallagan BAA va Iroq terma jamoalari o‘zaro bellashadi, deb xabar berdi OFK rasmiy sayti.

E’lon qilingan jadvalga ko‘ra, ilk uchrashuv 13-noyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi. Javob bahsi esa 18-noyabr kuni Basrada o‘tkaziladi. Ushbu ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, qaysi jamoa Konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga yo‘l olishi aniq bo‘ladi.

13-noyabr, Abu-Dabi

BAA - Iroq

18-noyabr, Basra

Iroq - BAA

G‘olib jamoa 2026-yil mart oyida Meksikada bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalararo pley-off bahslarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Bu bosqichda Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika, Okeaniya va ikki Shimoliy Amerika vakillari ishtirok etadi.

Meksikadagi saralash bosqichida jahon chempionati uchun so‘nggi ikkita yo‘llanma taqdiri hal bo‘ladi. Har bir mintaqadan kelgan jamoalar yakkalik bahsda to‘qnash keladi va faqat ikkitasi JCH-2026 final bosqichiga chiqish imkoniga ega bo‘ladi.

BAA va Iroq uchun bu jang shunchaki o‘rtoqlik emas, balki butun mamlakat sharafini himoya qilish va Meksikada jahon yo‘llanmasi uchun kurashish imkonidir. Har ikki jamoa ham o‘z tarixida ikkinchi bor mundialga chiqishni maqsad qilgan.

Muttaxassislar bu uchrashuvlarni Osiyo futbolidagi eng dramatik duellardan biri sifatida baholamoqda. Har ikki jamoa ham kuchli tarkibda maydonga tushishi va jonli, hayajonli o‘yin namoyish etishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026: Osiyodagi so‘nggi yo‘llanma taqdiri noyabrda hal bo‘ladi