date

"Shtutgart" g‘alabalar seriyasini davom ettirdi

"Shtutgart" g‘alabalar seriyasini davom ettirdi

Germaniya chempionatining 8-turida "Shtutgart" o‘z maydonida "Mayns"ni qabul qilib, dastlab hisobda ortda qolgan bo‘lsa-da, g‘alaba qozondi. 41-daqiqada "Mayns" futbolchisi Nadim Amiri penaltidan darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Biroq tanaffusga qadar Kris Fyuring uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi. 79-daqiqada "Shtutgart" darvozaboni Aleksandr Nyubelning aniq uzatmasi natijasida Deniz Undav jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritdi – 2:1.

Shu tariqa, "Shtutgart" beshinchi marta ketma-ket g‘alaba qozonib, 18 ochko bilan chempionat jadvalida kuchli uchlikka ko‘tarildi. "Mayns" esa atigi 4 ochko bilan jadvalning so‘nggi o‘rinlarida qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shtutgart" g‘alabalar seriyasini davom ettirdi