
2025/2026 yilgi mavsumda «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salah avvalgi mavsumga qaraganda kamroq yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda. Matbuot yana misrlik futbolchini Saudiya Arabistoniga ko‘chishi mumkinligi haqida xabar tarqatmoqda.
TBR Football nashriga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klublaridan Salahga taklif hozir ham dolzarb. Yaqin Sharqda Muhammad yillik 150 million funt sterling (170 million yevro) maosh olishi va biror klub ulushiga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritishi mumkin.
Ammo Salah qaysi jamoaga o‘tishi haqida ma’lumot berilmagan. 2025/2026 yilgi mavsumda Muhammad Salah 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
«Liverpul» Salahga o‘rinbosar topgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar