date

Mets mavsumdagi birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi


Fransiya chempionatining 10-turi doirasida "Mets" jamoasi oʻz maydonida chempionlikni maqsad qilgan "Lans"ni qabul qildi. Garchi "Mets" ligadagi asosiy autsayderlardan biri boʻlsa-da, jamoa butun oʻyin davomida raqib darvozasiga xavf solishda davom etdi.

"Lans" hujumchisi Odsonn Eduar birinchi hujumlarning birida hisobni ochishi mumkin edi, biroq darvozabon oʻz jamoasini qutqarib qoldi. Koʻffi Kuao uzoq masofadan aniq zarba yoʻlladi, biroq darvozabonning qaytargan toʻpi Habib Dialloga borib tushdi.

Afsuski, u darvozani aniq nishonga ololmadi. Kuaoning yana bir zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limda Diallo jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berdi, ammo yana bir bor darvozabon toʻpni qaytardi. 87-daqiqada "Mets" penaltidan Gote Enning zarbasi orqali hisobni ochdi - 1:0.

Uch daqiqa oʻtib, En oʻyindan yana bir gol urib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Golni nishonlash paytida futbolka olib tashlagani uchun u ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etdi.

Mazkur oʻyin "Mets" uchun mavsumdagi ilk gʻalaba boʻlishiga qaramay, jamoa hali ham turnir jadvalining soʻnggi pogʻonasida qolmoqda. "Lans" esa ikkinchi oʻrinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mets mavsumdagi birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi