date

Natan Ake Kristal Pelasga o'tishi mumkin


Kristal Pelas klubi Manchester Siti himoyachisi Natan Akega qiziqish bildirmoqda. TEAMtalk nashrining xabariga ko'ra, ingliz klubi gollandiyalik futbolchini keyingi yozda o'z safiga qo'shmoqchi.

Manbalarga ko'ra, Kristal Pelas Akeni jamoani tark etishi kutilayotgan Mark Gehining o'rniga ko'rmoqda. Aytishlaricha, Gehi jamoani joriy mavsum oxirida, hattoki, yanvarda tark etishi mumkin.

Joriy mavsumda 30 yoshli himoyachi Ake barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmagan. Natan Akening Manchester Siti bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Natan Ake Kristal Pelasga o'tishi mumkin