date

Real UEFAdan 4,5 milliard yevro talab qilmoqda


Madridning "Real" klubi UEFAga qarshi da'vo arizasi kiritmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, "qirollik klubi" Yevropa Superligasi loyihasini ilgari suruvchi A22 kompaniyasi bilan birgalikda jiddiy moliyaviy kompensatsiya talab qilmoqda. UEFAga qarshi 4,5 milliard yevro miqdorida da'vo arizasi kiritilishi rejalashtirilgan.

Bu mablag' yetkazilgan zararni qoplash uchun talab qilinmoqda. Avvalroq, Madrid sudi UEFA, La Liga va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining Superliga loyihasini toʻxtatish boʻyicha bergan apellyatsiyasini rad etgan edi.

Shundan so‘ng, loyiha tashabbuskorlari UEFAga qarshi da'vo kiritish huquqini qo‘lga kiritdilar. "Real" ayni damda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Oxirgi o‘yinda "qirollik klubi" "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real UEFAdan 4,5 milliard yevro talab qilmoqda