date

Barselona Erik Garsiya bilan yangi shartnoma tuzadi

Barselona Erik Garsiya bilan yangi shartnoma tuzadi
Barselonaning markaziy himoyachisi Erik Garsiya klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. 24 yoshli futbolchining hozirgi shartnomasi kelgusi yilning o'rtalariga qadar amal qiladi, ammo yaqin kunlarda u uzaytiriladi.

Bu haqda TBR Football xabar berdi. Ispaniyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"ga o'z roziligini bergan.

Londonning "Chelsi" va "Tottenxem" klublari Erik Garsiyaga qiziqish bildirgan edi, ammo futbolchi Kataloniyada qolishni ma'qul ko'rdi. Joriy mavsumda Garsiya Hans-Diter Flik murabbiyligi ostida barcha musobaqalarda jamoa uchun 13 o'yin o'tkazib, bitta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, markaziy himoyachi, qanot va tayanch zonada ham o'ynay oluvchi futbolchining qiymati 25 million yevro deb baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Barselona Erik Garsiya bilan yangi shartnoma tuzadi