date

Mbappe: Arda Gyulerning muvaffaqiyatlari meni hayron qoldirmadi

Mbappe: Arda Gyulerning muvaffaqiyatlari meni hayron qoldirmadi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Arda Gyulerning o'yinlari haqida fikr bildirdi. 20 yoshli yarim himoyachi Xabi Alonso qo'l ostida "Qirollik klubi" tarkibidagi asosiy futbolchilardan biriga aylandi.

Joriy mavsumda Mbappe tomonidan urilgan gollarning aksariyati aynan yosh turk futbolchisining uzatmalaridan so'ng amalga oshdi. "Gyulerning muvaffaqiyatlari meni hayratga solmaydi.

U juda iste'dodli va yosh bo'lishiga qaramay, jamoaga katta foyda keltirmoqda. Bu mavsumda Arda o'z yoshi uchun ajoyib o'yinlarni namoyish etmoqda.

"Santyago Bernabeu" muxlislari uning to'p bilan qilayotgan mo'jizalaridan zavq olishmoqda. Men faqat uning shunday davom etishini istayman.

U bilan birga o'ynashdan xursandman", – deya Mbappening so'zlarini keltiradi Madrid Universal. Arda Gyuler joriy mavsumda 13 o'yinda maydonga tushib, uchta gol urib, beshta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe: Arda Gyulerning muvaffaqiyatlari meni hayron qoldirmadi