
PSJ hujumchisi Usmon Dembele hali ham optimal sport formasiga qaytmagan. Yaqinda "Oltin to'p" sohibi jarohatini davolagan bo'lsa-da, "Loryan"ga qarshi o'yinda (1:1) qaytishidan beri ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Jurnalist Fabrice Xokinsning ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli futbolchi oxirgi o'yinda o'zini noqulay his qilgan, shu sababdan "Nitssa"ga qarshi keyingi o'yinda asosiy tarkibda ko'rinish bermasligi kutilmoqda. Ehtimol, murabbiy Luis Enrike yulduz forvardni shanba kungi o'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushiradi, shunda u Chempionlar ligasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi.
PSJ 4-noyabr, seshanba kuni "Bavariya"ni o'z maydonida qabul qiladi. Fransiya chempionatida Parij jamoasi 10 turdan so'ng "Monako"dan bir ochko oldinda birinchi o'rinni egallab turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.