date

"Shtutgart" bosh murabbiyi: Bugun bizga hal qiluvchi lahza yetishmadi

"Shtutgart" bosh murabbiyi: Bugun bizga hal qiluvchi lahza yetishmadi

Bundesliga 9-turida "Shtutgart" va "RB Leypsig" o‘rtasidagi uchrashuv 1:3 hisobida yakunlandi. "Shtutgart" bosh murabbiyi Sebastyan Xyoness o‘yin natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bu yuqori darajadagi, tezkor tempda o‘tgan uchrashuv bo‘ldi. Dastlabki daqiqalarda Nyubel bizni bir necha bor qutqarib qoldi.

5-daqiqadan 30-daqiqagacha deyarli ideal o‘ynadik, lekin o‘zimizni gol bilan mukofotlay olmadik. Shundan so‘ng o‘yin ochiq tus oldi va raqibning hisobni ochishi adolatli bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida urilgan ikkinchi gol vazifamizni yanada murakkablashtirdi. Jamoamiz kurashni davom ettirdi, o‘ziga ishondi va bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo bugun bizga hal qiluvchi lahza yetishmadi. Biz "Leypsig" bilan uzoq vaqt davomida teng darajada o‘ynadik va bu o‘yindan ba’zi ijobiy jihatlarni olishimiz mumkin", - deydi Xyoness.

Ushbu o‘yindan so‘ng "Shtutgart" 19 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi. "RB Leypsig" esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Avvalroq, g‘olib jamoa murabbiyi Ole Verner ham o‘yin natijalarini izohlab o‘tgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shtutgart" bosh murabbiyi: Bugun bizga hal qiluvchi lahza yetishmadi