Barselona darvozaboni Garciya maydonga qaytadi

Barselona darvozaboni Garciya maydonga qaytadi

Barselona darvozaboni Garciya maydonga qaytadi
Barselona darvozaboni Joan Garciya yaqin kunlarda jarohatidan forigʻ boʻlishi kutilmoqda. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi sentyabr oxiridan beri tizzasidagi jarohat sabab oʻyinlarda qatnashmayapti.

Marca nashrining yangilangan maʼlumotlariga koʻra, darvozabon individual mashgʻulotlarda orttirilgan yuklamalarni bemalol bajarmoqda. Kutilishicha, Garciya kelasi haftada umumiy guruh mashgʻulotlariga qoʻshiladi va uning tarkibga qaytishi 22-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan Atletik Bilbao bilan oʻyinda amalga oshadi.

Bu uchrashuv milliy terma jamoalar oʻyinlari uchun tanaffusdan soʻng oʻtkaziladi. Tanaffusgacha Barselona Elche (bugun), Brugge (5-noyabr) va Selta (9-noyabr) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar