
Leverkuzenning "Bayer" klubi bosh murabbiyi Kasper Yulmann Myunxenning "Bavariya" jamoasiga qarshi o'yinda yirik mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. Bundesliganing to'qqizinchi turida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuv 0:3 hisobida yakunlandi.
"Biz tan olishimiz kerakki, ‘Bavariya’ hozirda Yevropaning mutlaq eng yaxshi jamoasi. Ular xatolarimizni darhol jazolashdi.
O'z o'yinimizdan qoniqmadik, hali ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Ammo umuman olganda, ‘Bavariya’ juda kuchli edi.
Buni tan olishimiz lozim", – deydi murabbiyning so'zlarini Bundesliga News portali keltirgan. Ushbu o'yindan so'ng "Bavariya" 27 ochko bilan birinchi o'rinda, "Bayer" esa 17 ochko to'plab, beshinchi o'rinda bormoqda.
Avvalroq ushbu o'yin haqida "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani ham o'z fikrlarini bildirgan edi.
Yulmann: "Bavariya juda kuchli edi"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar