
Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida Madridning "Real" klubi "Valensiya" ustidan 4:0 hisobida yirik gʻalabaga erishdi. Ushbu oʻyinda "Real"ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Güler ham maydonga tushdi.
Bu bellashuv Güler uchun "Qirollik klubi" tarkibidagi 75-oʻyin boʻldi. Diario ASning maʼlumotiga koʻra, "Real" rahbariyati ushbu oʻyindan soʻng "Fenerbahche" klubiga 2 million yevro bonus toʻlashi kerak.
Eslatib oʻtamiz, Güler 2023-yilning yozida Madrid klubiga transfer qilingan edi. U "Real" safida oʻtkazgan 75 oʻyinda 15 ta gol urib, 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining shartnomasi 2029-yil oʻrtalarigacha moʻljallangan boʻlib, uning transfer qiymati hozirda 60 million yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar