date

Tuluza futbolchisi irqchilikda ayblanmoqda

Tuluza futbolchisi irqchilikda ayblanmoqda
Tuluza jamoasi vingeri Aron Dennum irqchilikka oid harakati uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Liga 1 doirasidagi "Havr" jamoasiga qarshi o'yin davomida Dennum raqib futbolchisi Simon Ebonoga qarab burun oldida qo'lini silkitgan.

RMC Sport xabar berishicha, Fransiya Futbol Federatsiyasi axloqiy qo'mitasi ushbu harakatni diskriminatsiya sifatida ko'rib chiqmoqda. Agarda futbolchining harakati irqchilik sifatida baholansa, u 10 o'yinga qadar diskvalifikatsiya qilinishi ehtimoli bor.

Norvegiyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, bu harakat raqib futbolchining ogʻzidan yoqimsiz hid kelgani bilan bog'liq. "Tuluza" va "Havr" o'yini 0:0 hisobida yakunlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tuluza futbolchisi irqchilikda ayblanmoqda