
Londonning “Arsenal” jamoasi Angliya Kubogining yarim finalida “Reding” klubi bilan uchrashdi, deb yozadi Kun.uz.
O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. “Arsenal” hujumchisi Sanches va “Reding” futbolchisi Makklirilar o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi. Qo‘shib berilgan 30-daqiqada Aleksis Sanches navbatdagi golini urib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.
Shu tariqa “Arsenal” turnirning finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Finalda u “Liverpul” jamoasi bilan kubok uchun bahslashadi.
Angliya kubogi. 1/2 final
«Reding» (Reding) — «Arsenal» (London) — 1:2
Gollar: Sanches, 39 (0:1); Makkliri, 54 (1:1); Sanches, 105+1 (1:2).
Ogohlantirishlar: Chaloba, 45+2 — Paulista, 108. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar