
Madridning "Real" klubi 2026-yilga qadar o'z mudofaa chizig'ini mustahkamlashni maqsad qilgan. Sababi, David Alaba va Antonio Ryudiger klubni tark etishlari mumkin.
"Qirollik klubi" Ibraima Konate ("Liverpul") va Dayo Upamekano ("Bavariya") kabi futbolchilarga qiziqish bildirmoqda. Biroq, madridliklar uchun ustuvor variant Dayo Upamekano hisoblanadi.
Foot Mercato nashrining xabariga ko'ra, "Real" allaqachon Upamekano bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Ammo bu masala hali to'liq hal etilgan deb bo'lmaydi.
"Bavariya" futbolchini o'z tarkibida saqlab qolishni xohlaydi va unga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Shu bilan birga, 27 yoshli fransiyalik himoyachiga "PSJ" ham qiziqmoqda.
Hozirda Dayo Upamekanoning amaldagi shartnomasi "Bavariya" bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Bu esa uni 2026-yilgi yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar