date

Le Norman 2 oy maydonga tusha olmaydi

Le Norman 2 oy maydonga tusha olmaydi
Madridning "Atletiko" klubi markaziy himoyachisi Roben Le Norman tizzasidan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Le Norman Chempionlar ligasi guruh bosqichining to'rtinchi turida Belgiyaning "Union Sent-Jilluaz" jamoasiga qarshi o'yinda jarohat olgan. U mazkur uchrashuvda atigi 26 daqiqa o'ynadi.

Keyinchalik futbolchida sonning yarim parda mushaklari shikastlangani va tizza bo'g'im kapsulasi jarohatlangani aniqlangan. Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, 28 yoshli futbolchi 1-2 oy davomida safdan chiqadi.

Joriy mavsumda Le Norman 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta sariq kartochka olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Le Norman 2 oy maydonga tusha olmaydi